Qvarsit – tog‘ jinslari, u cho‘kindi yoki magmatik tog‘ jinslarining harorat, bosim ta’siri ostida o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan va asosan kvarcdan tashkil topgan. Qvarsit kulrang, pushti, sariq, malina-qizil, qoramtir gilos ranglari va oq ranglarda bo‘ladi. Qvarsit yuqori mustahkamlikka ega tabiiy tosh bo‘lib, u juda uzoq muddat xizmat qiladi va kislota hamda ishqor ta’siriga chidamli. Qvarsit juda yuqori haroratlarga bardosh beradi, ekologik toza va xavfsiz hisoblanadi. Qvarsit toshxonada tez qiziydi, ammo boshqa toshlarga nisbatan tez soviydi. Shuning uchun hammomda issiqlikni iloji boricha uzoq saqlash uchun qvarsitni boshqa toshlar yoki temir bilan birga ishlatish tavsiya etiladi. Suv bilan o‘zaro ta’sirda qvarsit suvga sog‘lomlashtiruvchi ta’sir beradi. Qvarsitning asosiy davolovchi xususiyatlari kvarcning davolovchi xususiyatlariga o‘xshash. Uni nafas olish organlarini davolashda va insonning energetik yukini kamaytirishda qo‘llashadi.
Toshxonaga qo‘yishdan oldin toshlarni oqayotgan suvda yaxshilab yuvish tavsiya etiladi!
Банные печи и комплектующие
Нет отзывов об этом товаре.
Нет вопросов об этом товаре.
.png)